03

Qanday pul topamiz?

Pul birligi — Tanga

Ilovaning ichki valyutasi — Tanga. Har ustaning shaxsiy balansi bo'ladi; tanga paketlarini sotib olib yoki premium orqali oylik bonus sifatida to'ldiriladi.

Premium obuna

Ustalar uchun oylik yoki yillik premium tariflar. Ko'proq ko'rinish, ustuvor chiqish va kengaytirilgan imkoniyatlar.

Telefon raqamini ko'rish

Usta mijozning telefon raqamini ko'rganda hisobidan avtomatik tanga ayiriladi. Bepul ko'rish yo'q — har bir aloqa haqiqiy niyatni tasdiqlaydi.

Ariza yuborish

Usta e'longa ariza berganda hisobidan tanga yechiladi. To'lovli bo'lgani uchun faqat haqiqatan qiziqgan, jiddiy ustalar ariza yuboradi.

Ishga yo'naltirilgan

Barcha daromad ish (jobs) atrofida qurilgan. Qanchalik ko'p buyurtma — shunchalik ko'p tanga sarflanadi.

Boshlang'ich imtiyozlar

Yangi ro'yxatdan o'tgan har bir ustaga 100 lab tanga sovg'a. Platforma ishga tushgan dastlabki davrda tanga narxlari ataylab arzon. Do'st taklif qilsang — ikkalang ham bonus olasiz.